Kundalik, jonli xarita, SOS tugmasi, AI yordamchi va haftalik hisobotlar — maktab va bola xavfsizligi BITTA ilovada.


Har bo'lim haqiqiy maktab kunidan olingan
Bola tugmani bossa: joylashuv, atrof surati va ovoz yozuvi ota-onaga hamda Telegramga darhol boradi.
Bola qayerda — doim ko'rinadi. Uy, maktab, xavfli joylar belgilanadi: kirdi-chiqdi — xabar keladi.
«Maktabga yetib keldi», «darsga kelmadi», «kechasi harakat», «notanish hudud» — muhim payt o'tkazib yuborilmaydi.
Baholar, uy vazifalari, davomat — o'qituvchi bir marta kiritadi, ota-ona darhol ko'radi.
O'qituvchiga — dars reja va testlar. Ota-onaga — «bolam haftani qanday o'tkazdi?». O'quvchiga — Repetitor.
Har juma: baholar, davomat, hafta voqealari va AI xulosasi — chiroyli PDF bo'lib Telegramga keladi.
Kuzatuv bolaning telefonida OCHIQ ko'rinadi — yashirin emas. Kamera va mikrofonni faqat bolaning o'zi (SOS bosganda) yoqadi. Pasport va hujjatlar so'ralmaydi. Ma'lumotlar faqat oila va maktab o'rtasida qoladi.
Uchala rol — bitta ilova, har biriga o'z oynasi
Server ham, o'rnatish ham kerak emas — hammasi tayyor
Telegram orqali yozing — maktabingiz va sinflaringizni tizimga kiritamiz.
Direktor veb-paneldan o'qituvchi va o'quvchilarni qo'shadi — login-parol darhol tayyor bo'ladi.
O'qituvchi va ota-onalar ilovani o'rnatib, o'z login-paroli bilan kiradi. Tamom.